1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ravshan Mamatov lavozimidan ozod etildi

27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ravshan Mamatov faoliyati keskin tanqid ostiga olingan edi.

Ravshan Mamatov lavozimidan ozod etildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Ravshan Mamajonovich Mamatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lumot uchun, Ravshan Mamatov 2024-yil avgust oyidan buyon mazkur agentlikka rahbarlik qilib kelayotgan edi. Uning faoliyati davomida sohadagi nazorat va muvofiqlashtirish ishlari yuzasidan qator tanqidiy fikrlar bildirilgan.

 

Qayd etilishicha, 27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Ravshan Mamatov faoliyati keskin tanqid ostiga olingan edi.

 

Yig‘ilish davomida davlat rahbari ish samaradorligi va yondashuvda jiddiy o‘zgarish bo‘lmasa, lavozimga munosiblik masalasi ko‘rib chiqilishini ochiq bildirgan. Oradan bir kun o‘tib qabul qilingan ushbu qaror ana shu ogohlantirishning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика