1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Real” bu yozni Mbappesiz o‘tkazadi

«Real Madrid» “PSJ” bilan Kilian Mbappe transferi bo‘yicha muzokara o‘tkzаmaydigan bo‘ldi.

“Real” bu yozni Mbappesiz o‘tkazadi

 

 

 “PSJ” madridliklarning avval 160 million, keyin 170+10 million yevrolik ikkita taklifini rad etdi. Shundan so‘ng “Blankos” xo‘jayinlari taklif narxini boshqa ko‘tarmaslik va kutishga qaror qildi.

 

22 yoshli hujumchi “PSJ” bilan yana bir yil qolish va mavsumni professional tarzda yakunlashga kelishib oldi. Shuningdek, Mbappe keyingi muzokaralardan bosh tortgan “Real” rahbariyatini ham to‘g‘ri tushunishini aytgan.

 

“PSJ”, albatta, 2022 yil iyun oyida shartnomasi tugaydigan Mbappe bilan yangi kelishuv tuzishdan umidvor. Lekin hujumchi madridliklar safida to‘p surishni xohlayotgani sir emas.

 

«Real Madrid» 2022 yil 1 yanvardan boshlab fransuzlar bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Bundan avval “Real” “PSJ” bilan Mbappe borasida hali ham kelishuvga erisha olmayotgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика