1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Real” yozda yana to‘rt futbolchi sotib oladi

Klub ularning nomi ma'lum qilgan.

“Real” yozda yana to‘rt futbolchi sotib oladi

 

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Real” joriy mavsumda yuzaga kelayotgan muammolarni inobatga olgan holda, yozda bir necha muhim transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

 

"AS" nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar mavsum yakunlanganidan keyin himoyachi chizig‘iga uch nafar va hujumga bir o‘yinchi oladigan bo‘lyapti.

 

“Real” mutasaddilari taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatini ham shakllantirib qo‘ygan. Xususan, himoya chizig‘iga “Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold, “Bavariya” chap qanot himoyachisi Alfonso Devis va “Bayer”ning markaziy himoyachisi Jonatan Tani olib kelishga urinish bo‘ladi.

 

Madridliklar jamoaning hujumkorligi “Bayer” yulduzi Florian Virs yordamida kuchaytirishni mo‘ljallayapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика