1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Yekaterinburgdan Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Parvozlar 100 o‘rinli “Sukhoi Superjet” samolyotlarida amalga oshiriladi.

Yekaterinburgdan Samarqandga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

 

“Kommersant"ning xabar berishicha,“Red Wings” aviakompaniyasi Yekaterinburgdan O‘zbekistonga to‘g‘rida to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yadi. 13-fevraldan aviatashuvchi Urganch, 14-fevraldan esa Samarqandga parvozlarni boshlaydi.

 

Bu Kolsovo aeroportidan birinchi muntazam xalqaro reyslar bo‘ladi, deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida. Parvozlar 100 o‘rinli “Sukhoi Superjet” samolyotlarida amalga oshiriladi.

 

Samolyotlar dushanba kuni Samarqandga, yakshanba kuni esa Urganchga uchadi.

 

“2021-yildan beri "Red Wings" Yekaterinburgdan O‘zbekistonning yirik shaharlariga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan, biroq bu charter reyslar bo‘lib, o‘rindiqlarni erkin sotmasdan bir mijoz manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, bu charter dasturi muntazam reyslarni amalga oshirish bilan parallel ravishda davom etadi.

 

Maʼlumot uchun: "Red Wings" bundan oldin Maxachqalʼadan Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshlagandi. Bundan tashqari,  “Uzbekistan Airways” Shri-Lankaga charter reyslarni yo‘lga qo‘yilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qo‘yililishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика