1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rejissor Sanjar Matkarimovga sud hukmi o‘qildi

Unga nisbatan 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilandi.

Rejissor Sanjar Matkarimovga sud hukmi o‘qildi

 

Bugun, 27-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Sanjar Matkarimovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Uzreport.news” nashri xabar bermoqda.


Qayd etilishicha, xonanda Ruxshona 2021-yilning oktyabr oyida turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan keyin uni Jinoyat kodeksining bir nechta moddasi bo‘yicha sudga bergan. Unga ko‘ra, Sanjar Matkarimov turmush o‘rtog‘iga qasddan badaniga shikast yetkazgan, ijtimoiy tarmoqlarga videosini tarqatib tuhmat qilgan, shaxsiy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning roziligisiz g‘arazli niyatlari yo‘lida qonunga xilof ravishda “Tik-tok” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib, shaxsiy hayot daxlsizligini qasddan buzganlikda ayblangan.


Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Sanjar Matkarimov unga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.


Ikki tarafning ham so‘zlari eshitilgandan keyin sud hukmi o‘qilgan. Hukmga ko‘ra, rejissor Sanjar Matkarimov Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, 139-moddasi 3-qismining “g” bandi, 140-moddasi 2-qismi va 1411-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan aybdor deb topilgan.


Tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan Sanjar Matkarimovga uzil-kesil 2 yil 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi belgilangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика