Prezidentning tegishli farmoni bilan Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Maxsus komissiya tuzildi.
Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva belgilab bergan tartib bo‘yicha o‘zini ishini boshladi.
24 noyabr kunining o‘zidayoq Ekologiya milliy qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar vazirligining 300 dan ortiq mutaxassislaridan iborat 30 ta ishchi guruh tashkil etildi va o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov ishtirokidagi brifingdan:
“Ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida Toshkent shahrida havoning bir muncha yaxshilanishiga erishildi. Bu — dastlabki g‘alaba! To‘xtash yo‘q!”


