1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Reuters: Xitoy Baydenning Si Szinpin bilan muloqotiga qiziqish bildirmadi

Agentlik manbalari ikki davlat o‘rtasida munosabatlar tobora keskinlashib borayotganini qayd etishgan. Taranglikni Entoni Blinkenning Van I bilan uchrashuvi ham kamaytirmagan.

Reuters: Xitoy Baydenning Si Szinpin bilan muloqotiga qiziqish bildirmadi

 

Xitoy rasmiylari Si Szinpin va Jozef Bayden o‘rtasidagi telefon muloqotiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib, Reuters agentligi xabar berdi.

 

AQSH yetakchisi 5 hafta oldin Amerika osmonida Xitoy havo shari urib tushirilgandan keyin Si Szinpin bilan muloqot tashabbusi bilan chiqqandi. Oq uy amaldorlari ikki davlat munosabatlarini qayta yo‘lga qo‘ymoqchi va Baydenning taklifi “ochiq-oydin ilk qadam” bo‘lardi.

 

Ammo amerikalik diplomatlarning harakatlariga qaramay, Xitoy tomoni telefon muloqotiga qiziqish bildirmagani taʼkidlangan.

 

Reuters‘ning qayd etishicha, AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Van I bilan uchrashuvi ikki davlat o‘rtasidagi taranglikni pasaytirmagan.

 

“Xitoy uchrashuvni muvofiqlashtirishdan bosh tortdi,  bu esa AQSH davlat departamentining Sharqiy Osiyo bo‘yicha bosh diplomati Deniyel Kritenbrinkni Van Ini shaxsan qidirishi va undan uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida so‘rashga majbur qildi”, – degan agentlik manbasi.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu muloqot Vashington va Pekin o‘rtasida 2021 yil Alyaskada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan keyingi eng murakkab uchrashuv bo‘lgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика