1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rheinmetall Ukrainada tank zavodini ochadi

Bu haqda kompaniya bosh direktori maʼlum qildi.

Rheinmetall Ukrainada tank zavodini ochadi

 

Rheinmetall kompaniyasi bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, nemis konserni ukrainaliklarni Ukraina g‘arbidagi zavodda ishlab chiqarilgan tanklar va boshqa zirhli mashinalarga xizmat ko‘rsatishga o‘rgatadi. 

 

Germaniyaning Rheinmetall konserni yaqin 12 hafta ichida Ukrainada zirhli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Armin Papperger 10 iyul, dushanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

 

Zavod, Pappergerning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning g‘arbiy qismida joylashadi. Yangi korxonada tanklar ishlab chiqarish va taʼmirlashdan tashqari Germaniyaning Fuchs zirhli transportyorlari ham ishlab chiqariladi. Ushbu korxona negizida nemis mutaxassislari ukrainaliklarga ishlab chiqarilgan zirhli mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishni ham o‘rgatadi. 

 

«Ukrainaliklar o‘zlariga yordam berishi kerak - agar ular keyingi 10 yoki 20 yil ichida doimiy ravishda yevropaliklar yoki amerikaliklarning yordamini kutsa... bu mumkin bo‘lmagan narsadir», — dedi Rheinmetall bosh direktori. 

 

Rheinmetall zavodni “Ukroboronprom” Ukraina davlat mudofaa konserni bilan hamkorlikda boshqaradi, u ham zavodga egalik qiladi. May oyida kompaniyalar Ukrainaning «mudofaa texnologik imkoniyatlarini» mustahkamlash bo‘yicha kelishuvni eʼlon qilgan edi. 

 

Shu yil boshida Rheinmetall vakili Rheinische Post gazetasiga kompaniya Ukrainada yiliga 400 ga yaqin tank ishlab chiqarishga qodir bo‘lgan 200 million yevrolik jangovar tanklar zavodini ochish niyatida ekanini aytdi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика