1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rim papasi sentabrda Qozog‘istonga keladi

Tashrif Prezident Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Rim papasi sentabrda Qozog‘istonga keladi

 

Rim papasi Fransisk 13-15 sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keladi. Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Prezident Qosim Jomart Toqayevning taklifiga binoan Rim papasi Fransisk 13-15-sentabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

 

Tashrif doirasida mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VII qurultoyida ishtirok etish rejalashtirilgan. Avvalroq qurultoyning asosiy mavzusi pandemiyadan keyingi davrda insoniyatning ma’naviy-ijtimoiy taraqqiyotida diniy yetakchilarning roli bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика