1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Rim Papasi uyi hayvonlarini sevuvchilarni xudbinlikda aybladi

Papaning fikricha, ularning xudbinligi uy hayvonlarini o‘z bolasidek tasavvur qilishi va farzand ko‘rmasligidir.

Rim Papasi uyi hayvonlarini sevuvchilarni xudbinlikda aybladi

 

“Papa Fransisk uy hayvonlarini boqadigan, ammo oila qurishni, farzand ko‘rishni xohlamaydiganlarni xudbinlikda aybladi”, - deya xabar bermoqda The Guardian.

 

Shuningdek, nashr Rim Papasining “bolalarni uy hayvonlari bilan almashtirish bizni odamiyligimizdan mahrum qilmoqda. Odamlar bu bilan onalik va otalik qadriyatlarini saqlab qolishdan bosh tortishadi, bu esa oxir-oqibat sivilizatsiyaning qurib ketishiga olib keladi”, - deya kuyinib gapirganini yozgan.

 

“Bugun biz xudbinlikning mana shunday shaklini kuzatmoqdamiz. Ko‘ryapmizki, baʼzilar farzandli bo‘lishni xohlamaydilar. Baʼzida esa bitta farzand ko‘rib, shu bilan kifoyalanib qolmoqda. Biroq itlar va mushuklarni boqish ommalashib bormoqda. Ayrimlar ularni o‘z farzandlaridek ko‘rishadi. Albatta kulgili eshitilishi mumkin, ammo bu ayni haqiqatdir – degan Papa Fransisk.

 

Manbaga ko‘ra, qandaydir sabablar, misol uchun biologik muammolar tufayli farzand ko‘ra olmaydigan juftliklar uchun uy hayvonlari asrab olishni tavsiya qilgan Papa bunday juftliklarni ota-onalik burchidan qo‘rqmasligi taʼkidlagan.

 

“To‘g‘ri, farzand ko‘rish xavfli bo‘lishi mumkin, lekin umuman farzand ko‘rmaslik bu — dahshat”, - deya qo‘shimcha qilgan u.

 

Avvalroq Papaning “kelajak avlodlarga umid va ishonch beradigan qarorlar qabul qilish” kerakligi haqida gapirgani xabar qilingandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика