Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak 4 iyulda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Konservativ partiyasi mag‘lubiyatga uchragach, o‘z lavozimini tark etishini maʼlum qildi.
Bu haqshda Britaniya hukumati rahbari juma kuni Dauning-stritdagi qarorgohi yaqinida o‘tkazilgan brifingda xabar berdi.
Sunak bosh vazir sifatida o‘zining so‘nggi bayonotini berdi. U tez orada qirol Charlz III bilan uchrashib, isteʼfoga chiqishini rasman eʼlon qilishini tasdiqladi.
“Bu natijadan keyin men partiya yetakchiligidan isteʼfoga chiqishni to‘g‘ri deb hisobladim, lekin darhol emas, balki o‘z vorisimni saylash bo‘yicha rasmiy kelishuvlar tuzilishi bilanoq”, dedi u.
Sunakning qayd etishicha, tez orada Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimiga leyboristlar yetakchisi Key Starmer kelishi mumkin.


