1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Rodrigo APL jamoasining taklifini rad etdi

Madrid klubi ham braziliyalik vingerni qo‘yib yubormoqchi emas.

Rodrigo APL jamoasining taklifini rad etdi

 

"Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "Real" vingeri o‘tgan mavsum oxirida jamoadoshlari Vinisius Junior va Jude Bellinghem diqqat markazida bo‘lganidan norozi edi. Braziliyalikning hayotida shaxsiy muammolar ham paydo bo‘lgan.

 

Biroq, Rodrigo hech qachon Madrid jamoasini tark etishni istamagan va buni uning Angliya chempioni safiga qo‘shilishni rad etgani haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Ta’kidlanishicha, "Manchester Siti" juda jozibador taklif bilan chiqqan, biroq 23 yoshli futbolchi buni rad etgan. U "Real"da o‘ynashni xohlaydi, lekin shu bilan birga ko‘proq e’tirofga sazovor bo‘lishni istaydi.

 

Madrid klubi ham braziliyalik vingerni qo‘yib yubormoqchi emasligi ta’kidlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика