1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ronalduning baykoti Saudiya Pro-ligasiga 2,4 milliard dollar zarar keltirdi

Ronalduning noroziligi jamoaning raqibi “Al-Hilol”ga ustunlik berilishiga qaratilgan bo‘lib, global media va tijorat loyihalariga jiddiy putur yetkazmoqda.

Ronalduning baykoti Saudiya Pro-ligasiga 2,4 milliard dollar zarar keltirdi

 

FOX Sports Saudiya Arabistoni Premer-ligasi o‘yinlarini translyatsiya qilishni to‘xtatishga qaror qildi. Bu qaror, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning “Al-Nasr” jamoasi o‘yinlarini baykot qilishi ortidan qabul qilindi. TASS Speedline xabariga ko‘ra, bu holat ligaga global media va tijorat loyihalaridan kelib chiqadigan holda taxminan 2,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy zarar keltirdi.

 

 

41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni Suveren boylik jamg‘armasi (PIF) siyosatidan norozi bo‘lib, klubining o‘yinlarida qatnashmayapti. Ronalduning fikricha, jamg‘arma jamoaning raqibi “Al-Hilol”ga adolatsiz ustunlik berib, “Al-Nasr” tarkibini kuchaytirishga yetarlicha mablag‘ sarflamayapti.

 

Liga jiddiy global obro‘ yo‘qotishi bilan yuzlashmoqda. “Al-Nasr” jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bo‘lib, yetakchi “Al-Hilol”dan atigi bir ochko ortda qolmoqda. Ronalduning yaqin kelajakda MLS yoki Yevropa klublariga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tarqalmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика