1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldu bu yerda yollanma ishchi xolos — Saudi Sports jurnalisti

"Al-Nasr" hujumchisining o‘z xohishi bilan maydonga tushish yoki tushmasligi Saudiya futbol jamoatchiligida keskin munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Ronaldu bu yerda yollanma ishchi xolos — Saudi Sports jurnalisti

 

 

«Al-Nasr» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning transfer siyosatidan norozi ekanini ochiq bildirib kelmoqda. Aynan shu sabab futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida o‘tkazilgan «Al-Riyod» — «Al-Nasr» uchrashuvida o‘z xohishi bilan maydonga tushmagani aytilmoqda.

 

Mazkur holat Saudiya futbol jamoatchiligi orasida keng muhokamalar va tanqidlarga sabab bo‘ldi. Xususan, Saudi Sports jurnalisti Valid Al Faraj Ronaldu harakatlarini keskin tanqid qildi.

 

«Ronaldu o‘z o‘rnini bilishi kerak. U bu yerda shunchaki yollanma ishchi. Bu Saudiya Arabistoni, “Ronaldu Arabistoni” emas. U hech qachon Yevropada bu yerdagidek katta maosh olmagan. Ronaldu ligani hurmat qilishi shart, aks holda ketgani ma’qul», — dedi jurnalist.

 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» klubi bilan amaldagi shartnomaga ega bo‘lib, u 2027-yil yozida o‘z yakuniga yetadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика