1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldu faoliyatini tugatishi mumkin

Uning oldida uchta yo'l bor.

Ronaldu faoliyatini tugatishi mumkin

 

Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga kelolmayapti. 39 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi shu yilning 30-iyun kuni yakunlanadi.

 

"TEAMtalk" nashrining yozishicha, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi oldida turgan uchta variantdan birini tanlashi kerak.

 

Birinchisi, Ronaldu “Al-Nasr” bilan hamkorlik muddatini uzaytirishi mumkin. Buning uchun klub tarkibni kuchaytirib, chempionlik uchun kurashadigan darajaga olib kelishi kerak. Ikkinchisi, Krishtianu Yevropa futboliga qaytish imkoniyatiga ega. Ayni vaqtda “Sporting” hujumchini o‘z safiga chorlayapti.

 

Uchinchisi, tez orada qirq yoshni qarshi oladigan mashhur yulduz faoliyatini tugatish bo‘yicha yakuniy qarorga kelishi ham mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика