Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Eronning “Esteghlal” jamoasiga qarshi safar o‘yinida qatnashmadi.
2023-yilda Ronaldu Eronda nogiron rassom bilan uchrashib, uni quchoqlab o‘pgan edi. Eron qonunlariga ko‘ra, bunday harakatlar uchun 99 darra jazosi berilishi mumkin. Shu sababli futbolchi mamlakatga borishdan bosh tortgani taxmin qilinmoqda.
Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Javob o‘yini 10-mart kuni o‘tkaziladi.


