1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldu va Kroosning jamoasi chorak finalda to'xtadi

Yevropa chempionatining dastlabki yarim finalchilari aniqlandi.

Ronaldu va Kroosning jamoasi chorak finalda to'xtadi

 

Yevropa chempionati yakuniga yetib bormoqda. 5-iyul butun turnirning eng kuchli kunlaridan biri bo'ldi. Sababi ikkita eng yaxshi o'yin, to'rtta jamoa, yarim finalga ikkita yo'llanma. Bu kun haqiqatan ham ajoyib bahslarni taqdim etdi.

 

Nemislar guruh bosqichi va 1/8 finaldan shu qadar ishonchli o'tishdiki, o'z uyida chempionlikga yaqinlashib borayotgandek tuyulgandi. Ammo chorak finalda ular boshqa favorit – Ispaniya bilan o‘ynashga majbur bo‘ldi. De la Fuente jamoasi ham guruhda barchani hayratda qoldirdi va pley-offning birinchi bosqichida Gruziyani mag'lub etishdi.

 

Uchrashuvning kuchli bosim bilan boshlandi. Toni Kroos o'zining ajoyib o'yini bilan raqiblarini shoshirib qo'ydi. Ana shunday daqiqalardan birida Pedri jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi. Golni o'yinni yarmiga qadar kutishga to'g'ri keldi. Ispaniyaliklar 51-daqiqada gol urishdi. Bu golni esa Pedrining o'rniga maydonga tushgan Olmoning urgani ahamiyatga ega. Shundan so'ng Germaniya hujumga tashlandi va har daqiqada bosimni oshirdi. Nihoyat 89-daqiqada Virtz hisobni tenglashtirdi va o'yin qo'shimcha daqiqalarda ham davom ettirildi.

 

Butun boshli uchrashuv barqaror o'tdi, shuning uchun so'nggi daqiqalar nisbatan dramatik kechdi. Natijada 119-daqiqada Merino nemislar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Mezbonlar bunga javob berishi uchun vaqt yetarli bo'lmadi.

 

Ispaniya yarim finalda Fransiya bilan o‘ynaydi. Ispanlarning yarim final oldidan katta muammosi bor: kartochkalarning ko'payib ketganligi va bir vaqtning o'zida bir nechta asosiy o'yinchilar yarim finalni o'tkazib yuborishadi. Bular orasida Karvaxal, Morata, Le Normand bor.

 

Yevropa chempionatining navbatdagi chorak final bahsida Portugaliya va Fransiya to'qnash keldi. Uchrashuv davomida jamoalar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishdi. Bu o'yinda asosiy yoki qo'shimcha vaqt haqida ko'p gapirib bo'lmaydi. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Aftidan, Fransiyaning safari shu yerda tugashi mumkin edi, chunki Diogo Kosta bundan avvalgi bosqichda aynan penaltilar seriyasida Portugaliyani chorak finalga olib chiqqan edi. Ammo fransuzlar seriyada omadli bo'lishdi. Shu tariqa Fransiya yarim finalda Ispaniya bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Yevropa chempionatining navbatdagi chorak final o'yinlari bugun bo'lib o'tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика