1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin: “Inter Mayami” transferni ko‘rib chiqmoqda

Devid Bekxem ikki futbol afsonasini faoliyatining so‘nggi bosqichida bitta klubda birlashtirishni rejalashtirmoqda.

Ronaldu va Messi bir jamoada o‘ynashi mumkin: “Inter Mayami” transferni ko‘rib chiqmoqda

 

 

Amerikaning “Inter Mayami” klubi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduni transfer qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, klub rahbariyati uzoq muddatli strategiya doirasida turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ushbu rejada klub egalaridan biri bo‘lgan Devid Bekxemning qarashlari muhim rol o‘ynaydi. U zamonaviy futbolning ikki yirik yulduzi — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini bir jamoada jamlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

Lionel Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U 2025 yil oktyabr oyida klub bilan shartnomasini 2028 yil oxirigacha uzaytirgan va faoliyatini aynan AQShda yakunlashni rejalashtirmoqda.

 

Krishtianu Ronaldu esa 2023 yildan beri Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida o‘ynab kelmoqda. U 2025 yil yozida shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan. Shunga qaramay, so‘nggi paytlarda futbolchining klub bilan munosabatlari borasida turli mish-mishlar paydo bo‘lgan.

 

Agar transfer amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика