1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya 2025-yilda 2,5 mingdan ortiq ukrainalik tinch aholini o‘ldirgan

2025-yilda hujjatlashtirilgan tinch aholi qurbonlari soni 2024-yilga nisbatan 31 foizga, 2023-yilga nisbatan esa 70 foizga ko‘p bo‘lgan.

Rossiya 2025-yilda 2,5 mingdan ortiq ukrainalik tinch aholini o‘ldirgan

 

Rossiya tomonidan 2022-yilda Ukarianag qarshi to‘liq miqyosda urush boshlanganidan buyon 2025-yil ukarianlik tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi. O‘tgan yil davomida 2 500 dan orti tinch aholi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN xabar qildi.

 

BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoring missiyasi ma’lum qilishicha, 2025-yilda mojaroga aloqador zo‘ravonliklar oqibatida 2 514 nafar tinch aholi o‘ldirilgan, 12 142 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning deyarli barchasi Rossiya tomonidan Ukraina nazoratidagi hududlarga qilingan hujumlar natijasida halok bo‘lgan yoki jarohat olgan.

 

BMTning 12-yanvarda e'lon qilgan yangi hisobotida aniq qayd etilishicha, Ukrainada xavfsiz hudud qolmagan: halok bo‘lgan yoki yaralangan tinch aholining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i front chizig‘idan ancha uzoq joylarda Rossiya hujumlariga uchragan.

 

2025-yilda Rossiya Ukraina shaharlariga qarshi havo hujumlari kampaniyasini keskin kuchaytirgan, dron va raketalar yordamida keng ko‘lamli zarbalar berib, muntazam ravishda tinch aholini vahimaga solib kelgan.

 

Payshanba, 8-yanvarga o‘tar kechasi Rossiya zarbalari Kiyev va Ukrainaning markaziy hududlaridagi turar joy binolarini nishonga oldi. Sovuq havo sharoitida o‘n minglab odamlar elektr ta’minotisiz qoldi.

 

Rossiya G‘arbiy Ukrainaga o‘zining eng ilg‘or qurollaridan biri — “Oreshnik” ballistik raketasi bilan zarba berdi.

 

Birgina o‘tgan hafta Rossiya bir kechada 242 ta dron, 14 ta ballistik raketa va 22 ta qanotli raketa uchirib, bir nechta shaharlarni nishonga oldi. Hujumlar asosan fuqarolik energetika infratuzilmasiga qaratilgan bo‘lib, natijada yuz minglab ukrainaliklar elektr va issiqlik ta’minotisiz qolgan.

 

“Bu o‘sish nafaqat front chizig‘idagi janglarning kuchayishi, balki uzoq masofaga zarba beruvchi qurollardan foydalanishning kengaygani bilan ham bog‘liq. Bu esa butun mamlakat bo‘ylab tinch aholining xavf ostida qolishiga olib keldi”, — dedi Ukrainadagi BMT monitoring missiyasi rahbari Danielle Bell.

 

BMTga ko‘ra, eng qonli hujumlardan biri 19-noyabr kuni G‘arbiy Ukrainadagi Ternopil shahrida sodir bo‘lgan. Ushbu zarba oqibatida kamida 38 nafar tinch aholi, jumladan sakkiz nafar bola halok bo‘lgan, yana 99 kishi, jumladan 17 nafar bola jarohatlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 ta oila ikki yoki undan ortiq yaqin a’zosini yo‘qotgan.

 

BMT tasdiqlangan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2022-yil fevralida urushni boshlaganidan beri kamida 14 900 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

 

Shu bilan birga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti avval ham ta’kidlaganidek, haqiqiy qurbonlar soni bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki ko‘plab holatlar hali tasdiqlanmoqda. BMT bosib olingan hududlarga kira olmaydi va front yaqinidagi hududlarga kirish imkoniyati ham cheklangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика