1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya 2026-yil aprelidan “iste’dodli viza” dasturini ishga tushiradi

Ushbu dastur Rossiya uchun muhim bo‘lgan sohalarda faoliyat yurituvchi xorijiy mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan.

Rossiya 2026-yil aprelidan “iste’dodli viza” dasturini ishga tushiradi

 

Rossiya 2026-yil aprel oyidan boshlab malakali va yuqori salohiyatga ega xorijiy mutaxassislar uchun maxsus iste'dod vizalarini berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi deydi gazeta.ru nashri.

 

Qayd etilishicha, Rossiya diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari Rossiya iqtisodiyoti, ilm-fan, texnologiya, ishlab chiqarish, sport, ijodiy, madaniy-gumanitar hamda ta’lim sohalari rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan chet el fuqarolariga bir yilgacha amal qiladigan ko‘p martalik ish vizalarini rasmiylashtiradi.

 

Mazkur tartib Rossiyada yuqori sifatli migratsiya tizimini shakllantirishga qaratilgan 883-sonli Prezident farmoni asosida joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, Rossiya uchun muhim deb topilgan kasb, malaka yoki ko‘nikmaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar tegishli tartibda ariza topshirishlari mumkin.

 

Shuningdek, bunday vizalar Rossiya manfaatlari uchun muhim deb topilgan shaxslar va ularning oila a’zolariga ham berilishi mumkin. Buning uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori talab etiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab ushbu vizalarni berish jarayoni 2026-yil 15-aprelga qadar diplomatik vakolatxonalar orqali yo‘lga qo‘yiladi.

 

Mazkur tashabbus ilgari Davlat Dumasi deputati tomonidan ilgari surilgan takliflar asosida shakllangan bo‘lib, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish orqali iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика