1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Afg‘onistonda temir yo‘l qurmoqchi

Hozirgi vaqtda bu temir yo‘l loyihasi O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston ishtirokida bo‘lmoqda.

Rossiya Afg‘onistonda temir yo‘l qurmoqchi

 

Chorshanba kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk rus ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida Federatsiya Afg‘oniston temir yo‘l qurishga qiziqishi ortayotganini aytgan. Bu haqda 8am.media nashri xabar berdi.

 

Rossiya rasmiysi Federatsiya Global Janub bilan bog‘lash imkoniyatlari qancha ko‘p bo‘lsa, mamlakatning logistikasi shunchalik xilma-xil bo‘lishini aytgan.

 

Unga ko‘ra, Afg‘on-Trans temir yo‘lini Afg‘oniston hukumati bilan muhokama qilgan hamda Oʼzbekiston va Pokiston bilan mazkur temir yo‘l bo‘yicha kelishuvlarni imzolagan.

 

Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Kobulga tashrif buyurgan vaqtida Moskva Afg‘on-trans temir yo‘l loyihasida ishtirok etishni xohlayotganini aytgan.

 

Hozirgi vaqtda bu temir yo‘l loyihasida O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston ishtirokida bo‘lmoqda. Ammo Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi muammolar tufayli temir yo‘l qurilishi ortga surilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика