Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasida mehnat migratsiyasi masalasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining Rossiyadagi elchisi Gul Hasan TASS agentligiga ma’lum qildi.
Elchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishda allaqachon muzokaralar o‘tkazilgan va ijobiy natijalarga erishish uchun yetarli asoslar mavjud. Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston Rossiya mehnat bozoriga yosh, malakali va professional kadrlarni taklif qilishga tayyor.
Gul Hasanning aytishicha, tomonlar o‘rtasidagi muloqot mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin. Muzokaralar tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.


