1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Belarus zavodlarida o‘ziga zarur texnikalarni ishlab chiqarishi mumkin

Ekspertlar Lukashenko va Putin uchrashuvidagi ayrim nuqtalarga eʼtibor qaratdi.

Rossiya Belarus zavodlarida o‘ziga zarur texnikalarni ishlab chiqarishi mumkin

 

 

Rossiya Ukraina nizosi cho‘zilishi fonida Belarus harbiy sanoat kompleksining bir qismidan foydalanmoqchi. Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW)ga ko‘ra, Minsk urushda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashmaslik uchun yon berishga majbur bo‘lmoqda.

 

Kecha Vladimir Putin bilan uchrashuvda Aleksandr Lukashenko Belarus Su-25 samolyotlarini ishlab chiqarishga tayyorligini aytgandi. Uning fikricha, bu samolyot "Ukrainada o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda".

 

Shuningdek, Belarus rahbari MAZ zavodi Rossiya KamAZ og‘ir yuk tashuvchilari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga o‘tganini maʼlum qilgan. Bundan tashqari, u elektron komponentlar ishlab chiqarishda yordamga tayyorligini aytgan.

 

Qo‘shimcha Su-25 va yuk avtomobillari uchun ehtiyot qismlari harbiy harakatlar davomida o‘ta muhim ahamiyat kasb etmasa-da, Kreml Belarus zavodlarini qayta jihozlashi va rus armiyasi muhtoj bo‘lgan texnika ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya Su-25 samolyotlarini ishlab chiqarishni Minskka berish orqali o‘z zavodlarida boshqa texnikalarni ishlab chiqarishi mumkin.

 

ISW ekspertlari fikricha, Kreml integratsiya masalalari bo‘yicha Minskka bosim o‘tkazmoqda. Lukashenko esa yillar davomida inkor qilib kelgan punktlar bo‘yicha kichik yon berishlarni davom ettiryapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика