Ukrainada harbiy harakatlar barham topgandan so‘ng Yevropa Rossiya bilan birgalikda yashashda davom etishi kerak. Bu haqda Yevroittifoq tashqi siyosiy idorasi rahbari Jozep Borrel maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli Moskva bilan muloqotni davom ettirish zarur.
“Ukrainadagi harakatlardan so‘ng Rossiya bilan muloqot juda qiyin bo‘ladi. Ammo ruslar bilan bu qitada birgalikda harakat qilish lozim. Biz Rossiya bilan gaplashishda davom etishimiz maqsadga muvofiq”, – degan diplomat.
Avvalroq Borrel Yevropa xavf ostida ekanligini aytgandi.


