1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashidan “quviladimi”?

Bu bo‘yicha tashkilot Bosh kotibining pozitsiyasi maʼlum bo‘ldi.

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashidan “quviladimi”?

 

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiyaning global diplomatiya maydonlaridan chiqarib yuborilishi tarafdori emas. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.

 

Dyujarrikka RFning BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi ehtimoliga Bosh kotibning munosabati haqida savol berishgan.

 

“Qaysidir davlatning Xavfsizlik kengashidan chiqarib yuborilishi BMT ustavida aniq ko‘rsatilgan. Fikrimcha, bosh kotib har qanday davlatning global forumlardan chiqarib yuborilishini to‘g‘ri qaror deb hisoblamaydi”, – degan rasmiy vakil.

 

Rossiya-Ukraina mojarosi fonida Vladimir Zelenskiy RFni BMT Xavfsizlik kengashi doimiy aʼzoligidan mahrum qilishni so‘radi. Iyun oyida u bu chaqiriqni yana bir bor qaytargan AQSH bu taklifni qo‘llab-quvvatlasa-da, Rossiyaning bu maqomini bekor qilishning imkoni yo‘qligini tan olgandi.

 

Avvalroq Germaniya  BMT Xavfsizlik kengashiga qo‘shilish istagini bildirgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика