1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiya don va shakar eksportiga cheklov joriy qildi

Bu taqiq yozgacha davom etishi mumkin.

Rossiya don va shakar eksportiga cheklov joriy qildi

 

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 14-martdan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga don va uchinchi davlatlarga shakar eksportini vaqtinchalik taqiqlash haqidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

“Rossiya 2022-yil 31-avgustga qadar YEOII mamlakatlariga don eksportini, shuningdek, shakar va shakarqamish xomashyosini uchinchi davlatlarga eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlaydi", – deyiladi xabarda.

 

Vazirlar Mahkamasi qarorida qayd etilganidek, don mahsulotlarini taqiqlash bug‘doy va meslin (bug‘doy va javdar aralashmasi), javdar, arpa va makkajo‘xori uchun amal qiladi.

Shakar va donni eksport qilishda ushbu mahsulotlarni Rossiyadan tashqariga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun, shuningdek, xalqaro tranzit tashuvlar doirasida olib chiqish mumkin bo‘ladi", — deya taʼkidlaydi hukumat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика