1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Donbass uchun yana 800 ming qurbon berishi mumkin — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Rossiya sharqiy Ukrainani to‘liq egallashi uchun kamida ikki yil va yuz minglab qurbonlar talab qilinishini aytdi.

Rossiya Donbass uchun yana 800 ming qurbon berishi mumkin — Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning Donbass hududini to‘liq egallash ehtimoli haqida keskin bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, agar Rossiya sharqiy Ukrainani to‘liq bosib olishga urinadigan bo‘lsa, bu kamida ikki yil vaqt va yuz minglab qurbonlar evaziga amalga oshishi mumkin.

 

Zelenskiy bu fikrni Fransiyaning France 2 telekanaliga bergan intervyusida bildirib, Rossiya Donbassni egallash uchun taxminan yana 800 ming askar yo‘qotishi mumkinligini aytdi. Unga ko‘ra, Rossiya armiyasi hududning har bir metri uchun katta yo‘qotishlar bermoqda.

 

Ukraina rahbari Rossiya Ukrainadan Donbass hududlarini to‘liq tark etishni talab qilayotganini ham qayd etdi. Shu bilan birga, front chizig‘ini muzlatish yoki mavjud pozitsiyalarni saqlab qolish Ukrainadan muhim yon berish bo‘lishini ta’kidladi.

 

Zelenskiy urushni tugatish ustuvor vazifa ekanini aytib, xalqaro hamkorlar, xususan AQSh bilan hamkorlik muhimligini bildirdi. Intervyu Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida muzokaralar davom etayotgan bir paytda e’lon qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика