1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Eronga 50 nafar qutqaruvchi, 2 dona samolyot va vertolyot jo‘natadi

Avvalroq Turkiya ham Erondagi halokat joyiga 32 nafar alpinist va bir vertolyot jo‘natgandi.

Rossiya Eronga 50 nafar qutqaruvchi, 2 dona samolyot va vertolyot jo‘natadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bor vertolyotni qidirishda yordam berish uchun 50 nafar qutqaruvchi, ikkita samolyot va bir vertolyot jo‘natishni buyurdi. Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi Igor Levitin Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Mohbar bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida maʼlum qildi, deb xabar beradi TASS.

 

“Putinning buyrug‘iga ko‘ra, bortida 50 nafar qutqaruvchi alpinist bo‘lgan bir necha vertolyot va ikkita zamonaviy samolyot bir soat ichida Tabriz shahriga (Eron shimoli-g‘arbida) jo‘nab ketadi”, — deya Levitin so‘zlarini keltirmoqda Tasnim agentligi.

 

Raisiy bo‘lgan vertolyot mamlakat shimoli-g‘arbida favqulodda qo‘ngan. Samolyotda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon ham bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti bo‘lgan vertolyot Ozarbayjon bilan chegaradagi Verzegan shahri yaqinida favqulodda qo‘ngandi. Keyinroq vertolyot qulagan joydan video paydo bo‘ldi. Xalq prezident Raisiy va uning hamrohlariga sog‘lik tilab duo qilmoqda.

 

Turkiya Erondagi halokat joyiga 32 nafar alpinist va bir vertolyot jo‘natgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика