Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" imzolandi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.
Maʼlum qilinishicha, Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston “Gazprom” bilan Rossiya gazini O‘zbekistonga tranziti bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida xabar berilgandi.


