Krasnodar o‘lkasida halokatga uchragan Su-25 harbiy samolyoti uchuvchisi vafot etdi. Bu haqda tuman rahbari Roman Bublik maʼlum qildi, deya xabar berdi Anadolu agentligi.
"Yeysk tumani aholisi nomidan o‘quv parvozi chog‘ida halokatga uchragan Su-25 qiruvchi samolyotining uchuvchisi yaqinlariga hamdardlik bildiraman", — deyiladi xabarda.
Janubiy harbiy okrug matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, samolyot halokatiga dvigateldagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


