Rossiya tashqi dunyo bilan aloqalarini tez sur’atlarda yo‘qotmoqda. Urush olib borayotgan Rossiyaning YAIM so‘nggi o‘ttiz yildagi eng past darajaga tushdi. Eksport ulushi 22,2 foizdan 17,8 foizga qisqarib, mutlaq antirekordni qayd etdi. Import ulushi esa 17,8 foizdan 15,2 foizga tushib, 2022-yildagi eng yomon ko‘rsatkichga deyarli tenglashdi.
Yangi raqamlar tarixiy qiyosda ham jiddiy signal hisoblanadi. Ukraina urushidan oldingi yillarda Rossiya YAIMida eksport ulushi 25–30 foiz atrofida bo‘lgan, 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshida esa 40 foizdan oshgan. 2010-yillar davomida import ulushi barqaror ravishda 20 foizga yaqin saqlanib kelgan.
Hozirgi ko‘rsatkichlar esa sovet ittifoqining so‘nggi yillariga mos kelmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-yilda SSSR YAIMida eksport ulushi 18,2 foizni, 1991-yilda 13,3 foizni tashkil etgan. Import ulushi esa mos ravishda 17,9 va 13 foiz bo‘lgan.
Federal bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda eksport daromadlari 4 foizga kamayib, pandemiyadan beri eng past — 418,3 mlrd dollarga tushdi. Xomashyo eksporti 15 foizga qisqarib, 225 mlrd dollarni tashkil qildi. Xomashyo va energiyaga taalluqlik bo‘lmagan eksport 150 mlrd dollar bo‘lib, urushgacha bo‘lgan darajadan chorakka kam. Import esa 3 foizga qisqarib, 278 mlrd dollarga tushdi.


