BMT bosh kotibi Kiyevda bo‘lib turgan bir paytda shaharga raketa zarbalari berildi. Bu haqda “BBC” xabar berdi.
Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, jami beshta raketa tashlangan. Ular shaharning markaziy Shevchenko tumanida portlagan. Raketalardan biri Antoniu Guterrish turgan mehmonxona yaqiniga tushgan.
Zarbalar Guterrish va Zelenskiyning qo‘shma matbuot anjumani tugaganidan bir soat o‘tib berilgan. BMT bosh kotibi unda Xavfsizlik kengashi faoliyatini tanqid qilgandi.
Guterrish va uning hamrohlari hech qanday jarohat olmagan. Bosh kotib matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, raketa tushgan paytda Guterrish Ukraina bosh vaziri ofisida bo‘lgan.
Uning o‘zi “BBC”ga shokka tushganini aytgan.
“Ushbu urushni to‘xtatish zarur va buning yechimini topishimiz kerak”, – degan u.
Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba Kiyevda BMT bosh kotibi va Bolgariya bosh vaziri bo‘lib turgan bir paytda raketa zarbalari berilishini dahshatli va varvarlik harakati sifatida baholagan.
Avvalroq Putin BMT bosh kotibi bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


