O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida VVR-SM tadqiqot reaktori uchun modifikatsiyalangan yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Rosatomning “TVEL” yoqilg‘i kompaniyasi va O‘zbekiston Yadro fizikasi instituti o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Novosibirsk kimyo konsentratlar zavodida ishlab chiqarilgan zich uran va uran-silitsid yoqilg‘isi ilgari O‘zbekistonga yetkazib berilgan standart IRT-4M yoqilg‘i komplektlariga nisbatan yuqori isteʼmol xususiyatlariga ega.
Uranning yuqori konsentratsiyasi tufayli yoqilg‘i kompaniyasining davomiyligini mutanosib ravishda oshirishni taʼminlash mumkin.
VVR-SM reaktori yadro fizikasi, radiatsion materiallarshunoslik, faollashuv tahlili, minerallarni nurlantirish, shuningdek, tibbiy va sanoat maqsadlarida radioizotoplar ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlar uchun ishlatiladi.


