1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini eʼlon qildi

Biroq Ukraina bu bayonotlarga izoh bergan yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini eʼlon qildi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini eʼlon qildi. Ukraina bu bayonotlarga izoh bergan yo‘q. Harbiy harakatlar kuchayganligi haqida boshqa dalillar ham mavjud emas. 

 

Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina 4 iyun kuni ertalab janubiy Donesk yo‘nalishidagi beshta hududda keng ko‘lamli hujumni boshlagan. Rossiya departamentida aytilishicha, Ukraina armiyasi o‘z maqsadlariga erisha olgani yo‘q.

 

Rossiya harbiy boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari strategik zaxiradagi 23 va 31-mexanizatsiyalashgan brigadalarni jangga olib kelgan, ularga boshqa harbiy qismlar va bo‘linmalar yordam bergan.

 

Ukraina hukumati uzoq vaqtdan beri yaqinlashib kelayotgan qarshi hujum haqida gapirib keladi va Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni ozod qilishga vaʼda bermoqda. Shuning uchun ham Rossiya mudofaa inshootlari qurishni davom ettirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика