G‘arb sanksiyalariga qaramay, Rossiyaning neft va gazdan olgan daromadi rekord darajada oshdi. Bu haqda tahlilchi Robert Rapir maʼlum qildi.
Rapir Nemis xalqaro munosabatlar va xavfsizlik instituti eksperti Yanis Klyugerning maʼlumotlariga asoslanib qayd etishicha, aprel oyida Moskva uglevodorodlardan 1.8 trillion rubl daromad olgan. Sartda bu ko‘rsatkich 1.2 trillionni tashkil etgan. So‘nggi to‘rt oyda esa 2022 yilda belgilangan summaning yarmiga teng miqdorda neft va gaz eksport qilingan.
Rapirning qo‘shimcha qilishicha, G‘arbning keyingi sanksiyalari Rossiyaga foyda keltirishi mumkin.
“Neftning bir barreli uchun 200 dollargacha narx belgilanishiga yo‘l qo‘ymay turib, rus neftini bozordan olib tashlash qiyin. Shu bilan birga narx oshib borgan sari Rossiya “qora oltin”i jozibadorligi ham oshib boradi. Masalan, hozirda Xitoy va Hindistonda uni katta chegirma bilan sotib olishga ishtiyoq kuchli”, – degan tahlilchi.
Avvalroq AQSH Saudiya Arabistoni bilan neft masalasida maxfiy muzokara o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


