1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya OAVlari Ukraina maxsus xizmatlari Afrika davlatlari rahbarlarini o'ldirishga tayyorlanayotgani haqida xabar tarqatdi

Rossiyadagi davlatga qarashli uchta eng yirik OAV bir vaqtning o'zida Ukraina va Buyuk Britaniya "Rossiya bilan o'zaro munosabatlarga e'tibor qaratgan" Afrika davlatlari rahbarlarini o'ldirish uchun guruh tayyorlagani haqida xabar berdi.

Rossiya OAVlari Ukraina maxsus xizmatlari Afrika davlatlari rahbarlarini o'ldirishga tayyorlanayotgani haqida xabar tarqatdi

 

"TASS", "RIA Novosti" va "Interfaks" bir vaqtning o'zida Ukraina va Buyuk Britaniya "Rossiya bilan o'zaro munosabatlarga e'tibor qaratgan" Afrika rahbarlarini o'ldirish uchun otryad tayyorlagani haqida xabar berishdi.

 

Rossiyaning "TASS" , "RIA Novosti" va "Interfaks" axborot aganetliklari 16-avgustga o‘tar kechasi bir vaqtning o‘zida Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan o‘qitilgan 100 nafar ukrainalik diversantlar guruhi Afrikaga ko‘chirilishi rejalashtirilgani haqida xabar tarqatdi.

 

Har uchala xabar ham “harbiy-diplomatik manba”ga tayangan holda yozilgan, biroq aniq manba keltirilmagan.

 

"Britaniya razvedka xizmatlari tomonidan tayyorlangan Ukraina bo'linmasining vazifasi Afrika mamlakatlaridagi infratuzilma ob'ektlarida qo'poruvchilik qilish, shuningdek, Rossiya bilan o'zaro munosabatlarga e'tibor qaratgan Afrika rahbarlarini yo'q qilish bo'ladi", — deya har uch agentlik manbadan iqtibos keltirgan.

 

BBC rus xizmatining taʼkidlashicha, xuddi shu anonim manbaga tayangan holda bir xil maʼlumotlarning sinxron tarzda e'lon qilinishi, ushbu xabarni iloji boricha kengroq tarqatish uchun oldindan rejalashtirilganini anglash qiyin emasligini ko'rsatadi.

 

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq ham Rossiyalik targ‘ibotchilar Ukrainaga yordam sifatida nemis oilasining mulki tortib olingani haqidagi videoni tarqatishgani haqida xabar berilgandi. Rossiya propagandasi tarqatgan "ijtimoiy reklama"da nemis oilasining uyida "Heil Zelenskiy" deb yozilgan portret osilgan. Aslida esa Germaniyada bo‘lgan voqea deb aytilayotgan video Rossiyada suratga olingan, rollarni esa rossiyalik aktyorlar ijro etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика