Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘an boshqa siyosiy yetakchilarning Vladimir Putinga nisbatan salbiy munosabatiga qo‘shilmasligini aytdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etganidan so‘ng Nyu-Yorkda jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Erdog‘an Rossiyani eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerakligini taʼkidlab, Moskva iyul oyida to‘xtatgan Qora dengiz don tashabbusini qayta boshlash uchun ijobiy yechimlardan umidvor ekanligini taʼkidladi.
“Rahbarlar ham, bosh vazirlar ham Putinga salbiy munosabatda. Men bu yondashuvlarni to‘g‘ri deb hisoblamayman, chunki Rossiya oddiy davlat emas. Bunday mamlakatni eʼtiborsiz qoldirib bo‘lmaydi”, — dedi Erdog‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning g‘ayrioddiyligi uning maydoni va dunyoda egallagan o‘rnida.


