Rossiya, O‘zbekistonda va Qozog‘iston Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansini tuzish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Sochida bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo kongressi doirasida uchta yirik tog‘ kurortlari – Rossiyaning “Rosa Xutor”, Qozog‘istonning “Shimbuloq” va O‘zbekistonning Amirsoy dam olish maskanlari o‘rtasida Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansini tuzish to‘g‘risida memorandum imzolangan.
Ushbu alyans uch davlat o‘rtasida mavsumiy tog‘ turizmini ommalashtirish, kasbiy tajriba almashish, shuningdek, yangi tog‘ sayyohlik marshrutlarini yaratish bo‘yicha yagona metodologiyani ishlab chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
“Ushbu kelishuv tufayli uch davlat - Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston Yevroosiyo makonida turizmni hamkorlikda rivojlantirish, bu orqali tog‘li kurortlarda turistik xizmat ko‘rsatish qulayligi sifatini oshirish va turistlar oqimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu ijobiy natija beradi. Kelishuv 2023/2024 yillar mavsumida boshlanadigan bir qator chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi”, — deydi Rossiya bosh vaziri o‘rinosari Dmitriy Chernishenko.


