2023 yilda jiddiy geosiyosiy va geoiqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Har doim Markaziy Osiyodan Rossiyaga kelgan va shu yerda ishlatilgan yoki Yevropaga tranzit qilingan gaz — bu turkman gazidir. Endi vaziyat o‘zgardi. Endi gaz shimoldan janubga, aholisi 80 milliondan ortiq bo‘lgan Markaziy Osiyoga kelmoqda. 2030 yilga borib bu yerda aholi soni 90 milliondan oshadi, demak ehtiyoj yana-da oshadi. Aholi va o‘sib borayotgan iqtisodiyot gazga muhtoj.
Barcha muammolarga qaramay, Markaziy Osiyoda sanoat, umuman iqtisodiyot, yalpi ichki mahsulot o‘sishi kuzatilmoqda.
"Osiyoning barcha besh davlatidan faqat Turkmanistonda tabiiy gazning global zaxiralari bor. Demak qolgan to‘rt davlat gazni tashqi manbalardan olishga majbur.
Menimcha, Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonning gaz masalasidagi hamkorligi Markaziy Osiyoda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar ijobiy bo‘lishi kerak", — dedi “Ma‘no” ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Umuman olganda, Markaziyo Osiyoga Turkmaniston va Rossiyadan tashqari, tabiiy gazni katta hajmda yetkazib berish manbalari yo‘q.
Rossiya Markaziy Osiyo aholisi, iqtisodiyoti va energetika sektori uchun zarur bo‘lgan tabiiy gazning juda muhim muqobil manbai bo‘lib qolmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 foizdan ortig‘i issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, ular ham gaz bilan ishlaydi. Bu esa ehtiyojlar o‘sib borishini anglatadi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonning gaz zaxiralari o‘sish tendensiyasiga ega emas. Bu Rossiya bilan gaz masalasida hamkorlik hayotiy zarurat ekanligini anglatadi. Agar biz, haqiqatan ham, iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va sanoatlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqchi bo‘lsak.
Va, albatta, Rossiya uchun bu katta bozor. Markaziy Osiyoda aholi jiddiy o‘sib bormoqda, bekorga 90 mln haqida gapirmadim. Demak, gazga bo‘lgan talab ortadi. “Gazprom” uchun Markaziy Osiyoda katta, jiddiy bozor ochilmoqda, bu juda qiziq va istiqbolli.
Yana bir nechta fikrlar bor, ular haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin bu men aytmoqchi bo‘lgan asosiy narsadir. Bizga gaz kerak. Rossiya hozir ham, kelajakda ham katta hajmdagi gazning muqobil yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Demak, bu gaz ittifoqi Rossiya uchun ham, Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham foydali.


