Rossiya kosmosda sobiq Ittifoq orbital apparatini yo‘q qilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH kosmik qo‘mondonligi maʼlum qildi.
"Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri borib tegadigan sunʼiy yo‘ldoshga qarshi raketasini sinovdan o‘tkazdi. U sobiq Ittifoq davrida chiqarilgan “Kosmos-1408” sunʼiy yo‘ldoshini yo‘q qildi va Yerga yaqin orbitada yo‘ldosh parchalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi", — deyiladi kosmik qo‘mondonlik saytiga joylashtirilgan press-relizda.
Qo‘mondonlik buni kosmos xavfsizligini mensimaslik sifatida baholagan. Urib tushirilgan sunʼiy yo‘ldosh bo‘laklari kosmik apparat va missiyalarga xavf solishi mumkin. Shuningdek, press-relizda Rossiyaning bu turdagi qurollarni ishlab chiqishi AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan kosmosni o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi va strategik barqarorlikka putur yetkazadi.
Avvalroq AQSH federal qidiruv byurosi 1940 yillarda o‘zga sayyoraliklar haqida surishtiruv olib borgani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


