1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya, Turkiya va Qatar don bitimi oʻrniga yangi kelishuv tayyorlamoqda

Taxminlarga ko'ra, Rossiya g'allasi qashshoq mamlakatlarga, asosan Afrikaga etkazib beriladi. Ta'minot tashkilotchisi Turkiya, homiysi esa Qatar bo'ladi.

Rossiya, Turkiya va Qatar don bitimi oʻrniga yangi kelishuv tayyorlamoqda

 

Rossiya, Turkiya va Qatar don kelishuvi oʻrniga yangi kelishuv tayyorlamoqda, deb yozadi Bild, TIV va Rossiya va Turkiya elchixonalari oʻrtasidagi 21-iyuldan 8-avgustgacha boʻlgan rasmiy yozishmalariga tayanib.

 

Taxminlarga ko'ra, Rossiya g'allasi qashshoq mamlakatlarga, asosan Afrikaga etkazib beriladi. Ta'minot tashkilotchisi Turkiya, homiysi esa Qatar bo'ladi, deb yozadi gazeta. Shuningdek, maktublardan ma’lum bo‘lishicha, Moskva Anqarani don shartnomasidan chiqish haqida oldindan ogohlantirgan.

 

Bild xabariga ko'ra, yangi shartnoma kelasi hafta oxirida Budapeshtda amalga oshirilishi mumkin. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov allaqachon Vengriya poytaxtiga uchib ketgan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham u yerga borishi kutilmoqda.

 

Ma'lumot uchun, Rossiya 17-iyul kuni g‘alla bo‘yicha kelishuvda ishtirok etishni to‘xtatib, kelishuvning Rossiya qismi bajarilmagani bilan izohlagandi. Vladimir Putin Rossiya shartlari bajarilganda kelishuv qayta tiklanishini ma'lum qilgadi. Ular orasida "Rosselxozbank"ning SWIFT tizimiga qayta ulanishi, qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlarini yetkazib berishni tiklash, portlarga kirishga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi va boshqalar bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика