1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya Turkiyadan Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z maydonini taklif etganidan minnatdor

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili navbatdagi brifingda bir qator dolzarb masalalar yuzasidan bayonot berdi.

Rossiya Turkiyadan Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun o‘z maydonini taklif etganidan minnatdor

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova navbatdagi brifingda bir qator dolzarb masalalar yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, Moskva Turkiyaning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun o‘z hududini taklif etganidan minnatdorlik bildirgan.

 

Zaxarova, shuningdek, AQShning Ukraina bo‘yicha mojaroni hal etish rejasini muhokama qilish tadbirlari qachon o‘tkazilishi haqida Rossiya tomoni alohida ma’lumot berishini ta’kidladi.

 

Brifingda aytilishicha, AQSh Filippinda Ukraina Qurolli Kuchlari safida jang qilish uchun yollanma jangchilarni jalb qilish kampaniyasini boshlagan. Rossiya ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya elchixonasi esa ular uchun Schengen vizalarini rasmiylashtirib bermoqda.

 

Zaxarova yana Gonkongda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jabrlangan Rossiya fuqarolari borligi haqida hozircha hech qanday ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика