TASS agentligining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, Bryansk viloyatining Klimovskiy tumani chegarasida Rossiya FХХ va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi qo'shinlari davlat chegarasini buzgan qurolli ukrainalik qo’poruvchilarni yo'q qilish choralarini ko'rmoqda.
Bryansk viloyatida olti nafar odam garovda bo‘lishi mumkin. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, mahalliy aholi orasida diversantlar bilan toʻqnashuvda halok boʻlganlar va yaralanganlar bor.
Bryanskdagi 50 kishidan iborat diversantlar guruhi ikki yoʻnalish – Lubechan va Sushaniga boʻlingan. Sushanida ular xavfsizlik kuchlari tomonidan qurshab olingan, Lubechanida esa ular garovda ushlab turilibdi.
Mahalliy hukumat bu ma'lumotga hozircha izoh bermadi.
Yaqin soatlarda Prezident Putin Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazadi, deyiladi xabarda.


