1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga tayyor emas — Davlat departamenti

Avvalroq Putin Kiyevni erishilgan kelishuvlarni bajarmaslikda ayblagandi.

Rossiya Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga tayyor emas — Davlat departamenti

 

Rossiyaning Ukraina bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligi to‘g‘risida belgilar yo‘q. Bu haqda AQSH davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays maʼlum qildi.

 

“Hozircha biz ularning real diplomatiyaga o‘tish bo‘yicha hech qanday harakatlarini ko‘rmadik”, – degan u.

 

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Moskva o‘z yondashuvini o‘zgartirmas ekan, AQSH va uning ittifoqchilari Kiyevga harbiy yordam berishda davom etadi.

 

Rossiya va Ukraina 28 fevraldan buyon muzokara o‘tkazib keladi. Uning dastlabki raundlari Belarusda bo‘lib o‘tgan. Mart oxirida tomonlar Istanbulda uchrashgandi.

 

Avvalroq Vladimir Putin Ukrainaning muzokara o‘tkazish va kelishuvlarga amal qilish istagi yo‘qligini aytgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика