1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya-Ukraina urushida jang qilgan samarqandlik ikki nafar fuqaro javobgarlikka tortildi

Sud Rossiya safida jang qilgan fuqarolarga 3 va 4 yil uy qamog‘i jazosi tayinladi.

Rossiya-Ukraina urushida jang qilgan samarqandlik ikki nafar fuqaro javobgarlikka tortildi

4-avgust kuni Kattaqo‘rg‘on shahar sudida Rossiya–Ukraina urushida Rossiya tomoni safida janglarda qatnashgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga hukm o‘qildi.

 

Sud materiallariga ko‘ra, 1999-yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan M.Q. 2021-yilda ishlash uchun Rossiyaga borgan, biroq giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. 2024-yil oktabr oyida jazoni o‘tayotgan paytda Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari unga ozodlik, Rossiya fuqaroligi va 1,8 million rubl evaziga urushga borishni taklif qilgan. M.Q. RF Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzib, 2024-yil oktabridan 2025-yil yanvariga qadar janglarda qatnashgan, granata portlashidan og‘ir yaralanib, davolanganidan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan. Sud uni JK 154-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

 

Shu kuni sud 1984-yilda tug‘ilgan yana bir ishtixonlik N.D. ishini ham ko‘rib chiqdi. U 2023-yilda Rossiyaga borib, RF Qurolli kuchlari bilan bir yillik shartnoma tuzgan va Ukraina hududida jangovar hamda orqa xizmat ishlarida qatnashgan. N.D.ning aytishicha, u urushda bo‘lgan akasini ortga qaytarish maqsadida yollangan. Janglarda og‘ir yaralanib, davolanganidan so‘ng shartnoma muddati tugab, O‘zbekistonga qaytgan. Sud uni JK 154-1-moddasi 2-qismi bo‘yicha aybli deb topib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика