Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya, Ukraina va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi keyingi uch tomonlama muzokaralar 1-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi maʼlum qildi. Uchrashuv BAAda, Abu-Dabida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Zelenskiy taʼkidlaganidek, uchrashuv asosan harbiy xarakterdagi masalalarga qaratilgan bo‘ladi. Prezident Ukraina delegatsiyasining barcha muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha maksimal darajada tayyor ekanini ham bildirgan.
Birinchi uchrashuvlar 23-24-yanvar kunlari yopiq formatda o‘tgan bo‘lib, eng qiyin masala hududiy masala bo‘lgan va hozircha murosaga erishilmagan.
Reuters agentligining xabar berishicha, delegatsiyalar bir qator mayda detallar bo‘yicha kelishuvga erishgan va yangi muzokaralarning ushbu kelishuvni yakunlashga xizmat qilishi kutilmoqda. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va BAA rasmiylari muzokaralarni konstruktiv deb baholashgan.
Avvalroq, Abu-Dabidagi uchrashuv 22-yanvar kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Stiv Vitkoff va AQSH prezidentining kuyovi Jared Kushner ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi.


