1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatgan taqdirda AQSH Moskva bilan uchrashishga tayyor

Bu haqda AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Viktoriya Nuland maʼlum qildi.

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyani to‘xtatgan taqdirda AQSH Moskva bilan uchrashishga tayyor

 

"Agar Rossiya to‘xtashga va muzokaralar stoliga qaytishga tayyor bo‘lsa, AQSH Moskva vakillari binoan uchrashishga hamda turli vositalar bilan vaziyatni barqarorlashtirishga tayyor", — degan u “Dojd” telekanali efirida.

 

Nuland Vashington Ukrainaga yordam berishni davom ettirishini taʼkidlagan. Shu bilan birga u AQSH hech qachon Kiyevga Rossiyaga hujum qilishga imkon beradigan qurol yetkazib bermaganini maʼlum qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Rossiya 24 fevral kuni Ukraina sharqida maxsus operatsiya o‘tkazishni boshladi. Hozirda Ukrainaning ko‘plab harbiy obyektlariga aviazarbalar berilgan. RF mudofaa vazirligi ukrain armiyasining havo-hujumiga qarshi tizimlari to‘liq ishdan chiqqanini maʼlum qilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vashington Kiyevga shoshilinch harbiy yordam ajratgani  haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика