1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Ukrainaga yirik dronlar hujumi uyushtirdi

Oqibatda 2 ta omborxona va 4 ta xususiy uy zarar ko‘rgan.

Rossiya Ukrainaga yirik dronlar hujumi uyushtirdi

 

17-fevralga o‘tar kechasi va ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab 147 ta dron uchirdi, ularning 80 dan ortig‘i urib tushirildi. Bu haqida Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi xabar berdi.

 

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Kiyev viloyatining to‘rt tumaniga ham dronlar hujum qilinganini ma'lum qildi. Kiyev viloyatida dron hujumi natijasida ikkita omborxona, to‘rtta xususiy uy va ikkita avtomobil zarar ko‘rgan. Bundan tashqari, 2003-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro tan jarohati olgan.

 

“Ukrenergo” kompaniyasi Rossiya hujumining nishoni energetika obyektlari bo‘lganini va butun mamlakat bo‘ylab favqulodda elektr taʼminotida uzilishlar kiritilganini ma'lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика