Ukrainaga qarshi to‘qqiz oylik keng ko‘lamli urushda Rossiya 82 milliard dollar sarfladi. Bu esa yillik byudjetining chorak qismidir. Bu haqda "Forbes" nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu smeta harbiy amaliyotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan bevosita xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo u mudofaa xarajatlari yoki iqtisodiy yo‘qotishlarni o‘z ichiga olmaydi.
2021 yilda Rossiya byudjetining barcha daromadlari 340 milliard dollarni tashkil etdi. Yaʼni, mamlakat allaqachon o‘tgan yilgi daromadlarning chorak qismini harbiy amaliyotlarga sarflagan. Rossiya Federatsiyasi federal byudjetining neft va gaz eksportidan tushadigan daromadlari pasayib bormoqda. Mamlakat Yevropa gaz bozorining katta qismini yo‘qotdi.
Shu bilan birga, kuzda Rossiya Federatsiyasi uchun urush xarajatlari ikki baravar oshdi. Endi urush oyiga kamida 10 milliard dollar talab qiladi.
Xarajatlarning eng katta moddalari armiyani taʼminlash (28,7 milliard), texnika (20,8 milliard) va harbiylarning maoshlari (15,6 milliard).


