Rossiya va Belarusdan 500 ga yaqin sportchiga 2023-yilgi Osiyo o‘yinlarida neytral maqomda qatnashish uchun ruxsat berildi.
Insidethegames xabariga ko‘ra, bu sportchilar medallar jadvalida ishtirok eta olmaydi. Yaʼni musobaqalarda g‘olib bo‘lgan taqdirda ham medallarni qo‘lga kirita olmaydi. Faqatgina sportchilar 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beradigan reyting ochkolarini ishlab olishlari mumkin.
Biroq, rossiyaliklar va belaruslarning Parij Olimpiadasida ishtirok etishi haqidagi yakuniy qarorni dasturga kiritilgan 31 sport turi bo‘yicha boshqaruv organlari qabul qilishi kerak bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, Osiyo o‘yinlari joriy yilning 23-sentyabrdan 8-oktyabrga qadar Xitoyda bo‘lib o‘tadi.


